logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:15
KirishA'zo bo'lish
"Barselona" ustozi: "Futbol biznesga aylandi, shu sababli b

9 YANVAR, 18:00 643

.

"Futbol biznesga aylandi va undan faqat daromad izlashmoqda. Aynan shu sababli biz Saudiya Arabistonidamiz.

Bu umuman boshqa format. Avvallari ushbu turnir mavsumni ochib berar edi va normal holat edi.

Hammasi o'zgardi, ko'ramiz nima bo'lar ekan. Turnirga uning oxirida baho beramiz. To'rtta kuchli jamoa ishtirok etishi qiziq bo'ladi, ammo sport nuqtai nazaridan bunga ishonchim komil emas.

Zamonaviy futbol - daromad izlanadigan sanoat ekanligini yodda saqlashimiz lozim. O'tgan yili Marokashda o'ynaganimizda ham shunday bo'lgan" - dedi Valverde.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdan boshlab Ispaniya Superkubogida 4ta jamoa ishtirok etadigan bo'ldi. Turnirning avvalgi formati bo'yicha musobaqada Ispaniya chempioni va mamlakat Kubogi sohibi yoki finalchisi ishtirok etishi kerak edi.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 23