logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:01
KirishA'zo bo'lish
Ronaldo «Real» yosh va iqtidorli hujumchisini ijaraga olmoqchi ekanini aytdi

15 DEKABR, 12:11 213

«Valyadolid» prezidenti Ronaldo klubga «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni taklif etmoqchi ekani haqida aytdi.

«Allaqachon transfer shartlarini aniqlashtirishni so'raganman. Bunday darajadagi o'yinchi uchun pulimiz yo'q, lekin uni o'z jamoamizda ko'rishni istayapmiz. Bu haqda Madridda ham aytganman.

Agar uni ijaraga olish imkoni bo'lsa, men urinib ko'raman. Lekin Florentino Peres bu qiyin masala ekanini aytgandi», - degan Ronaldoning so'zlarini keltirdi AS.

18 yoshli Vinisius yangi klubining asosiy jamoasida 8 o'yinda qatnashib, 2ta gol muallifi bo'lgan. Uning transferi «Real»ga 46 mln evroga tushgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 17