logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:31
KirishA'zo bo'lish
Klopp: "Mourinyu - dunyoning eng muvaffaqiyatli murabbiyi"

15 DEKABR, 12:08 116

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'ladigan APLning 17-tur uchrashuvi oldidan raqib haqida fikr bildirdi.

"Joze o'zi to'g'ri deb bilgan ishni qiladi va bu narsa uni dunyoning eng muvaffaqiyatli murabbiyiga aylantirdi.

"Manchester Yunayted"da sifatlar ko'p: Ular tezkor, yaxshi texnikaga ega, jismonan kuchli. Ularda deyarli hamma narsa bor. MYU safida jahonning eng kuchli darvozabonlaridan biri David de Xea o'ynaydi. Hujumchilar tanlovi ham katta: Markus Rashford, Romelu Lukaku, Jessi Lingard va Antoni Marsyal.

"Manchester Yunayted" hayratlanarli sifatlarga ega, shu sababli ularga yiqqan ochkosi bo'yicha baho bermasligimiz kerak. Biz sifatga etibor beramiz va shu bo'yicha bahsga tayyorlarlik ko'ramiz" - deydi Klopp.

"Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 16 dekabr kuni "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24