logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:01
KirishA'zo bo'lish
«Milan» prezidentining pul solingan diplomatini o'g'irlab ketishdi

15 DEKABR, 08:56 188

Juma kuni «Milan» prezidenti Paolo Skaronining 10 ming evro pul solingan diplomatini o'g'irlab ketishdi.

Corriere della Sera xabariga ko'ra, o'g'ri Skaroni o'tirgan mashinaning orqa eshigini ochib, diplomatni olgancha qochib qolgan. 72 yoshli funkTsioner haydovchisi bilan mashinada jinoyatchini taqib qilishga uringan, ammo o'g'rining sherigi ekani taxmin qilinayotgan qandaydir bir ayol ularning yo'lini to'sib, so'ng o'zi ham ko'zdan g'oyib bo'lgan.

Qayd etilishicha, chamadon keyinroq topilgan bo'lsa-da, unda faqat hujjatlar va Skaronining shaxsiy buyumlari qolgan, pullar esa yo'q.

Malumot uchun, «Milan» shu yilning yozida Elliot Management Corporation tasarrufiga o'tishi ortidan Skaroni klub prezidentiga aylangan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26