logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" o'z futbolchisini sotishni jiddiy o'ylamoqda

 11 DEKABR, 2023, 17:36

Kataloniyaning "Barselona" klubi yozda o'zining qanot himoyachisi Rafinya Diasni sotish haqida jiddiy o'ylamoqda. Sport nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining kelajagi bo'yicha yakuniy qaror joriy mavsum oxirida qabul qilinadi.

Rafinyaning o'yini "Barselona" rahbariyatida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. Braziliyalik futbolchi har doim ham birinchi daqiqalardan maydonga tushavermaydi. U bosh murabbiy Xavi Ernandes uchun muhim o'yinchi, ammo klub 2022 yilning yozida transferi 58 million evroga tushgan futbolchidan ko'proq narsani kutgandi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Rafinya Ispaniya chempionatida ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR