logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Bavariya" ham "Jirona" himoyachisi uchun kurashga qo'shildi

 11 DEKABR, 2023, 17:18

“Jirona” himoyachisi Migel Guterresga Evropaning boshqa klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Relevo.

"Arsenal" skautlari uni kuzatib borishayotgani haqida ma'lumot bor edi va endi "Bavariya"dan qiziqish borligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, "Jirona" bilan bir xil mulkdorlar guruhiga kiruvchi "Manchester Siti"dan ham qiziqish bor. Shartnomada 35 million evro miqdoridagi band bor.

"Real Madrid" Guterresning 50 foiz huquqlarga ega. Madridliklar futbolchini 8 million evroga qaytarib sotib olish variantidan ham foydalanishi mumkin. Ammo ular ko'proq "Bavariya" a'zosi Alfonso Devisga e'tibor qaratishgan.

Migelning "Jirona" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u 17 uchrashuvda 1 gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR