logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xavi: "Jirona" endi syupriz emas, balki sovrin uchun da'vogar jamoa"

 11 DEKABR, 2023, 17:06

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi La Liga doirasida "Jirona"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

"Muxlislar bunday o'yinlarni yaxshi ko'rishadi. Har ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo biz vaziyatlarni nazorat qilmadik. Bizga himoyada qat'iylik etishmadi, "Jirona" o'yindagi tebranish vaqtidan unumli foydalandi. Qat'iylik etishmadi. Biz o'tishlarni nazorat qilmadik.

Biz yomon o'yin ko'rsatmadik, bu og'ir zarba, ammo “Jirona”ni tabriklaymiz. Ular endi syurpriz emas, balki unvonga nomzodlar. Himoyadagi aniqlik va hujumdagi samaradorlik asosiy rol o'ynadi”, - deydi Xavi.

"Barselona" La Ligada "Jirona"dan 7 ochko oldinda 4-o'rinda bormoqda. Navbatdagi o'yin 13 dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Antverpen”ga qarshi o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR