logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:36
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kazemiroga ham chiqish eshigi ko'rsatilishi mumkinligi aytildi

 11 DEKABR, 2023, 16:48

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemirodan norozi. Insayder Samuel Lakxurst bergan ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati braziliyalik futbolchining formasi keskin yomonlashganini payqagan. Shu sababli "Manchester Yunayted" yanvardagi transfer oynasida Kazemironi sotishga tayyor.

Braziliyalik futbolchi bu mavsumda jarohat tufayli ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi. Manbaga ko'ra, yarim himoyachi Boksing Deygacha jamoasiga yordam bera olmaydi. Jarohatlar darajasi, formaning keskin yomonlashgani va fitnes bilan bog'liq muammolar hisobga olinsa, "Manchester Yunayted" bu qishda Kazemirodan qutulishga tayyor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR