logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:21
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Obameyang yana to'purarlik qobiliyatini namoyish etmoqda

 11 DEKABR, 2023, 12:36

"Marsel" hujumchisi Per-Emerik Obameyang Liga 1ning 15-turida "Loryan"ga qarshi o'yinda dubl qildi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

34 yoshli gabonlik futbolchi uchinchi daqiqadayoq jamoadoshi Shansel Mbembaga golli uzatma berdi.

9-daqiqada Obameyang o'zi raqib darvozasini ishg'ol qilib, oradagi farqni ikkiga oshirdi.

42-daqiqada hujumchi hisobni 4:1 ko'rinishiga keltirdi.

Futbolchi so'nggi 4 o'yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Umuman olganda, Obameyang Frantsiya klubi safida 21 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR