Son APLda ketma-ket 8 mavsumdan buyon 10 tadan ko'p gol urib kelmoqda
11 DEKABR, 2023, 12:18
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min APLning 16-turida jamoasiga "Nyukasl"ni mag'lub etishda (4:1) yordam berdi.
Janubiy koreyalik hujumchida 1 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.
Son Xyon Min joriy mavsumda allaqachon 10 ta gol urdi. Koreyalik hujumchi Premer-ligada ketma-ket 8 mavsumdan buyon o'ndan ortiq gol urib kelmoqda.
Son 2021/22 yilgi mavsumda eng ko'p gol urgan - 23 ta.