logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:55
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Muxlisning o'limi sabab to'xtatilgan La Liga o'yini qachon davom ettirilishi ma'lum bo'ldi

 11 DEKABR, 2023, 12:06

Ispaniya La ligasining 16-turidan o'rin olgan “Granada” – “Atletik” uchrashuvi qachon davom ettirilishi ma'lum bo'ldi.

O'yin 11 dekabr, dushanba kuni yakunlanadi, deya xabar bermoqda La Liga matbuot xizmati. Jamoalar uchrashuvni Toshkent vaqti bilan soat 01.00da davom ettiradi.

10 dekabr kuni bo'lib o'tgan "Granada" - "Atletik" o'yini 17-daqiqada hisob 1:0 ko'rinishida "Atletik" foydasiga hal bo'layotgan vaqtda to'xtatilgandi. Uchrashuv stadiondagi muxlislardan birining yurak xuruji tufayli to'xtatildi. Keyinchalik uning vafot etgani ma'lum bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR