logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:30
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Jirona" bosh murabbiyi "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi

 11 DEKABR, 2023, 11:54

"Jirona" bosh murabbiyi Michel Sanches Ispaniya chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin (4:2) yakunlarini sarhisob qildi.

"Biz baxtlimiz. Bu ajoyib "Barselona" edi. Birinchi bo'limda ular ustunroq edi, ammo tanaffusdan keyin to'pni yaxshi nazorat qildik. Ularda ham, bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, ammo biz aniqroq edik. O'yin tempi juda yuqori bo'ldi, biz uchun qiyin bo'ldi, ammo mentalitetimiz juda yaxshi. Men La Ligada 100 ta o'yin o'tkazganimdan va “Barselona”ga qarshi birinchi g'alabani qo'lga kiritganimdan juda xursandman. Birinchi maqsad o'zimizni quyi ligaga tushib qolishdan himoya qilish edi. Endi biz evrokuboklarda o'ynashni istaymiz va buning uchun qo'limizdan kelganini qilishga harakat qilamiz", - deya Michelning so'zlarini keltiradi Marca.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR