logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:48
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Zair-Emerini "Oltin to'p"ni olishiga ishonishmoqda

 11 DEKABR, 2023, 11:42

Portugaliyalik mashhur futbol agenti Jorje Mendesh "PSJ" va Frantsiya terma jamoasining 17 yoshli yarim himoyachisi Uorren Zair-Emerining o'yinlari haqida fikr bildirdi.

“U allaqachon dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Albatta, Zair-Emeri eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanadi. Balki bir kun kelib Uorren "Oltin to'p"ni qo'lga kiritar. Bu bolalar uchun ajoyib o'rnak - u 17 yoshda va u nima qilishni va qanday qilishni allaqachon biladi", - deya Mendesh so'zlarini keltiradi DFFN.

17 yoshli Zair-Emeri ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi. U Gibraltarga qarshi (14:0) Evro-2024 saralash bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi, debyut golini urdi va jarohati sabab 20-daqiqada almashtirildi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "PSJ" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR