logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:10
KirishA'zo bo'lish
Autsayder jamoa bosh murabbiyi APLda oyning eng yaxshisi deb topildi

14 DEKABR, 19:41 205

«Nyukasl» bosh murabbiyi Rafael Benites Angliya Premer-Ligasida noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O'tgan oyda uning jamoasi «Uotford», «Bornmut» va «Byornli»ga qarshi uchta o'yinning barchasida g'alaba qozondi.

Ispaniyalik mutaxassis faoliyatida 7-marta bunday sovrinni qo'lga kiritmoqda. Avvalroq u «Liverpul» va «Chelsi» klublarida ham ishlagan edi.

Faqat 5 nafar murabbiy undan ham ko'p marotaba bunday etirofga sazovor bo'lgan: Martin O'Nil, Harri Rednapp (har ikkalasi 8 martadan), Devid Moyes (10), Arsen Venger (15) va Aleks Fergyuson (27).

16 turdan so'ng, «Nyukasl» 13 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 11