logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bu yil "Andijon" safida kim nechta gol urdi?

 6 DEKABR, 2023, 23:18

“Andijon” futbol klubi “Mavsum-2023”da umumiy hisobda 33 ta gol urdi. Superligada 27 ta, O'zbekiston Kubogida esa 6 ta gol kiritishga erishdi.

Jamoamizning joriy yildagi yaqqol to'purari shubhasiz albaniyalik legioner Rubin Xebay bo'ldi. U hammasi bo'lib raqiblar darvozasiga 14 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Superliga to'purarlar ro'yxatida esa u Dragan Cherandan (13) keyin 12 ta gol bilan ikkinchi bo'ldi.

“Andijon” safida ko'p gol urgan futbolchilar orasida Xebaydan keyin Ilhom Alijonov, Suhrob Berdiev va Sardor Abdunabiev hisobida 3 tadan gol mavjud.

Umumiy hisobda jamoamizning mavsum mobaynida kiritgan 33 ta goli 10 ta futbolchining hisobiga yozildi.

Mavsum davomida gol urgan futbolchilar:

Rubin Xebay - 14 ta
Sardor Abdunabiev - 3 ta
Ilhom Alijonov - 3 ta
Suhrob Berdiev - 3 ta
Ildar Mamatkazin - 2 ta
Farhod Sohibjonov - 2 ta
Armin Boshnyak - 2 ta
Sardor Azimov - 2 ta
Levan Arveladze - 1 ta
Bobur Farhodov - 1 ta

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR