logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:37
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Barselona» «PSJ» bilan raqobatda mag'lub bo'ldi

 6 DEKABR, 2023, 22:54

«PSJ» «Korintians» yarim himoyachisi Gabriel Moskardoni sotib olishga yaqin turibdi.

Avvalroq 18 yoshli futbolchiga «Barselona», «Liverpul», «Arsenal» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Diario Sport xabariga ko'ra, Moskardoning «PSJ»ga o'tish narxi taxminan 25 million evroni tashkil qiladi.

Klub va futbolchi maosh borasida kelishuvga erishgan. «PSJ»ning sport maslahatchisi Luish Kampush transferni yakunlash uchun San-Pauluda bo'lgani aytilmoqda - Moskardo bo'yicha kelishuv yaqin orada yopilishi mumkin.

«Barselona» ham yarim himoyachini qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralar olib bordi, ammo yakunda «ko'k-anorranglilar» «PSJ»ga qarshi kurashda mag'lub bo'ldi.

«Barselona»ning muvaffaqiyatsizligiga sabab Dekuning muzokara taktikasi bo'lib, yakunda boshi berk ko'chaga olib keldi.

2023 yilda himoyachi Braziliya oliy ligasida 18 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR