logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Antoni: «Men erishgan hamma narsa qattiq kurashishlar natijasi edi»

 6 DEKABR, 2023, 22:30

Antoni o'zini faoliyatidagi qiyinchiliklarni engishga qodir, deb hisoblaydi.

«Katta klublarda o'ynaganlar, ayniqsa «Manchester Yunayted»da har doim bosimga duch kelishadi. Mening hayotim har doim juda qiyin bo'lgan va men ko'p marta tasavvur qila olmaydigan vaziyatlarni boshdan kechirishga majbur bo'ldim.

Men oziq-ovqat, yaxshi uy, internet va yaxshi ta'lim olish imtiyozlari bo'lmagan noqulay muhitda o'sganman. Bu davrda men bosim va qiyinchiliklarga dosh berishni o'rgandim.

Biroq indamay o'zimni tiklayapman va men o'zimning eng yaxshi jismoniy va ruhiy holatimni qo'lga kiritishim va oldimda turgan qiyinchiliklarni engishim mumkinligini bilaman, chunki bu mening hayotimda doim shunday bo'lgan. Hech kim menga hech qachon hech narsa bermagan, men erishgan hamma narsa qattiq kurashishlar natijasi edi! 

23 yoshdaman va so'nggi to'rt yil ichida hayotim tubdan o'zgardi. Bu o'zgarishlarning barchasini o'zlashtirish va tushunish oson emas edi.

Maqsadim - o'zimning eng yaxshi formamga qaytish va eng yuqori saviyada ishlash, xotirjamlikni tiklash! Yosh o'yinchilarga maslahatim shuki, o'z mentalitetingizga e'tibor bering va ko'p mehnat qiling, shunda hammasi o'z-o'zidan bo'ladi», - dedi «Manchester Yunayted» vingeri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR