logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:43
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Pochettino «Real»ning taklifi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

 14 DEKABR, 16:34 203

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino unga «Real» tomonidan jiddiy qiziqish borligi haqidagi xabarlardan bezor bo'lib ketgani yo'q. Uning shu haqdagi so'zlarini Manchester Evening News chop etdi.

«Qirollik klubi» kuni kecha o'z maydonida TsSKAga yirik hisobda mag'lub bo'lganidan so'ng Evropa matbuoti jamoa bosh murabbiyi masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.

«Bunday xabarlar jahlimni ham chiqarmayapti, charchatib yuborgani ham yo'q. Gazetalar meni «Tottenhem»dan bo'shatib yuborishlarini yozgandan ko'ra shu haqida maqola chiqarishsin. «Real» borasidagi mish-mishlardan to'yib ketdim, demayman», - takidlagan Pochettino.

«Tottenhem» APLning 16ta turidan so'ng 3-o'rinni egallab turibdi. «Shporlar» navbatdagi o'yinini ertaga «Bernli»ga qarshi o'tkazadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR