logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Milan" Musa transferini e'lon qildi

 5 AVGUST, 2023, 05:55

"Valensiya" yarim himoyachisi Yunus Musa "Milan"ga ko'chib o'tdi, deb xabar beradi Italiya klubi rasmiy sayti.

20 yoshli amerikalik futbolchi 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U "rossonerilar"da 80-raqam ostida o'ynaydi. Avvalroq, milanliklar futbolchi uchun 20 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Musa 2020 yildan beri "Valensiya"da o'ynab kelmoqda. U “ko'rshapalaklar” safida 108 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR