logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

UFC on ESPN 50 turniri ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi (Barcha natijalar)

 4 AVGUST, 2023, 23:16

6 avgust tongida AQSHning Nashkill shahrida UFC on ESPN 50 musobaqasi o'tkaziladi.

Musobaqaning markaziy jangida eng engil vazn reytingida to'rtinchi raqamli jangchi, amerikalik Kori Sendxagen ettinchi o'rindagi Rob Font bilan to'qnash keladi.

Co main event'da esa ayollar o'rtasida minimal vaznda UFC sobiq chempioni Jessika Andrade engilmas Tatyana Suares bilan jang qiladi.

SHuningdek, musobaqa doirasida qozog'istonlik Asu Almabaev UFC'dagi debyut jangini o'tkazadi. Unga o'zbekistondik UFC sobiq jangchisi Zarruh Adashevning sobiq raqibi Odes Osborn qarshilik qiladi.

Bugun musobaqa ishtirokchilari rasmiy vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.

Asosiy kard:

Markaziy jang, kelishilgan vaznda (- 63,5 kg): Kori Sendxagen (63,27 kg) vs Rob Font (63,04 kg)

Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Jessika Andrade (52,38 kg) vs Tatyana Suares (52,38 kg)

Yarim og'ir vaznda: Dastin Jeykobi (92,98 kg) vs Kennedi Nzechakvu (92,98 kg)

Yarim engil vaznda: Diego Lopes (65,99 kg) vs Gevin Taker (65,77 kg)

Yarim og'ir vaznda: Tanner Boser (92,75 kg) vs Aleksa Kamur (92,53 kg)

Engil vaznda: Ignasio Baxamondes (70,76 kg) vs Lyudovit Klayn (70,76 kg)

Prelim kard:

Eng engil vaznda: Kayler Fillips (61,23 kg) vs Raoni Barselos (61,46 kg)

Yarim o'rta vaznda: Jeremaya Uells (77,33 kg) vs Karlston Xarris (77,11 kg)

Yarim engil vaznda: Billi Kuarantillo (65,77 kg) vs Deymon Jekson (65,99 kg)

O'ta engil vaznda: Kodi Darden (56,92 kg) vs Jeyk Xadli (57,15 kg)

Yarim engil vaznda: SHon Vudson (66,22 kg) vs Dennis Buzukja (66,45 kg)*

O'ta engil vaznda: Ode Osborn (56,92 kg) vs Asu Almabaev (56,92 kg).

* Dennis Buzukja belgilangan vazn meyorini bajara olmadi va gonorarining 20% miqdorida raqibiga o'tkazildi.







Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR