logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:30
KirishA'zo bo'lish
«Real» 20 yoshli yarimhimoyachi uchun 20 mln evro to'lashga kelishib oldi

14 DEKABR, 16:04 158

«River Pleyt» yarimhimoyachisi Eksekiel Palasios faoliyatini «Real»da davom ettiradi, deb xabar tarqatdi Marca.

Nashrning aniqlashicha, «qirollik klubi» 20 yoshli argentinalik futbolchini 20 mln evroga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan.

Qayd etish kerak, Palasios yakshanba kuni «Boka Xuniors»ga qarshi kechgan Libertadores Kubogi finalida maydonga tushgan edi. «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tgan o'yinda Eksekiel jamoasi bilan bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Ushbu g'alaba natijasida «River Pleyt» klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Turnirda «Real» ham ishtirok etadi: taqvimga ko'ra, jamoalar yo uchinchi o'rin uchun bahsda yoki finalda to'qnash kelishi mumkin.

12 dekabrda start olgan chempionat 22 dekabrga qadar davom etadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26