logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:41
KirishA'zo bo'lish
Lopetegi «Roma» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

14 DEKABR, 15:23 98

Ispaniya terma jamoasi va «Real» klubining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Football Italia`ning yozishicha, 52 yoshli mutaxassis nomzodiga «Roma» qiziqish bildirmoqda. O'tgan haftalarda rimliklar ushbu lavozimdagi Eusebio Di Francheskoni istefoga chiqarish haqida o'ylay boshlaganlari xabar qilib kelingan edi.

«Roma» 11 noyabrdan buyon g'alaba qozona olmay kelmoqda. Klub o'tgan bir oy mobaynida beshta o'yin o'tkazib, ularning uchtasida engildi, ikkita bahsda durangga erishdi.

A Seriya musobaqa jadvalida «Roma» 8-o'rinni egallab turibdi, Chempionlar ligasida esa o'z guruhida ikkinchi o'rin bilan pley-offga chiqa oldi (birinchi o'rin «Real»ga nasib etdi).

Eslatib o'tamiz, Lopetegi 29 oktabrda «Real»dagi ishidan ayrilgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26