logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:47
KirishA'zo bo'lish
Pike «Barselona»ning ikki sobiq futbolchisini o'z klubiga ishga olmoqchi

14 DEKABR, 14:16 259

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike shu klubning sobiq futbolchilari – yarimhimoyachi Gabri Garsiya va darvozabon Albert Xorkerni o'ziga tegishli «Andorra» klubi murabbiylar shtabiga jalb etmoqchi. Bu haqda AS malum qildi.

Har ikkala sobiq futbolchi ham 39 yoshda. «Barsa» asosiy jamoasida Garsiya 1999-2006 yillarda, Xorker esa 2003-2009 yillarda to'p surgan. Qo'shimcha sifatida, Pikening o'zi Kataloniyaga 2008 yilda kelgan edi.

Jerar o'ziga futbol klubi sotib olgani shu haftada malum bo'lganedi. Manbaga ko'ra, unga tegishli «Kosmos» kompaniyasi xarid bo'yicha barcha ishlarni yangi yilga qadar yakunlashni rejalashtirgan.

Kataloniyaning ushbu klubi 1942 yilda tashkil topgan va ayni paytda beshinchi divizionda ishtirok etmoqda.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22