logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:56
KirishA'zo bo'lish
OAV: MYU klub transfer rekordini yangilashga tayyor

14 DEKABR, 13:11 247

"Manchester Yunayted" Kalidu Kulibalini sotib olishga va klubning transfer rekordini yangilashga tayyor.

"Evening Standard"ning xabariga ko'ra, mankunianliklar "Napoli"ga 100 million funtlik taklif jo'natmoqchi.

MYUning 70 va 80 mln funtlik oldingi takliflari neapolliklar rahbariyati tomonidan rad qilingan edi. Bunga sabab qilib 27 yoshli markaziy himoyachini qimmatroqqa sotish mumkinligi keltirilgandi.

Kulibali joriy mavsum A Seriyada 15ta o'yin o'tkazdi va ikkita golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning yozida "Manchester Yunayted" Pol Pogbani "Yuventus"dan 89 million funt sterlingga sotib olish evaziga klub rekordini o'rnatgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 18