logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:38
KirishA'zo bo'lish
Benzemaga grandlar orasidan davogar chiqdi

14 DEKABR, 09:35 160

«PSJ» rahbariyati «Real» hujumchisi Karim Benzemani sotib olish imkoniyatlarini chamalamoqda, deb xabar beradi France Football.

FranTsuz klubi hujumchi Edinson Kavaniga o'rinbosar qidirishni boshlab yuborgan. Urugvaylikning yaqin vaqtlar ichida «Napoli», «Atletiko» yoki «Chelsi»ga o'tib ketishi kutilyapti.

Parij grandida Kavanining o'rniga Benzemadan tashqari yana bir variant bor, bu – «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi.

Malumot uchun, Benzema ushbu mavsum La Liganing 15 o'yinida 5+2, EChL guruh bosqichining 6 bahsida 3+2 mahsuldorlik natijasini qayd etdi. Ikardi esa A Seriyaning 12ta o'yinida qatnashib, 8ta gol urdi hamda 2ta assistga muallif bo'ldi. U ham Chempionlar ligasida oltita o'yin o'tkazgan bo'lib, 4 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 19