logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bennaser "Milan"ning "Inter"ga ketma-ket mag'lubityalari haqida fikr bildirdi

 18 NOYABR, 2023, 09:36

Yil yakuniga ko'ra, "Milan" "Inter"ga besh marta mag'lub bo'ldi - ikki marta chempionatda, ikki marta Chempionlar ligasida va bir marta Italiya Superkubogida. Vaziyatni hozirda og'ir jarohatidan forig' bo'layotgan jazoirlik yarim himoyachi Ismoil Bennaser izohladi.

"Nega bizda bunday statistika borligini tushunmayapman. Bu o'yinlarning har biriga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Oxirgi o'yinda qatnashmadim, lekin murabbiy va boshqa futbolchilar bilan gaplashdim. Rostini aytsam, qabul qilish qiyin. O'ylaymanki, biz bu vaziyatni to'g'irlashimiz kerak. G'alabalar bo'ladi", - deya jazoirlik yarim himoyachining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR