logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

“Humo arena” o'zbek boksining qudratini yana bir bor namoyish etdi

 18 NOYABR, 2023, 09:30

Toshkentda WBC&Lift professional boks oqshomi o'z yakuniga etdi. “Humo arena” mezbonlik qilgan janglar yurtdoshlarimiz uchun chiroyli g'alabalarga boy bo'ldi.

Xususan, professional boksda debyut qilgan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari chempioni Abdumalik Xalokov 2-raunddayoq g'alaba qozondi. Shuningdek, bugun hamyurtlarimizdan Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzahalilov, Suhrob Qayumov, Mujbillo Tursunov, qolaversa, kechaning markaziy jangida ringga ko'tarilgan Bahodir Jalolov ham o'z hisoblariga navbatdagi g'alabani yozdirib qo'yishdi. Bugungi barcha janglar va ularning natijalari bilan tanishing:

Ikkinchi eng engil vaznda (-55,2): Avetis Nalbandyan (Armaniston) - Vikash Dahiya (Hindiston). Ochkolar hisobiga ko'ra Nalbandyanning g'alabasi

Yarim engil vaznda (-57,1 kg): Abdumalik Xalokov (O'zbekiston) - Oleksandr Egorov (Ukraina). 2-raundda texnik nokaut evaziga Xalokovning g'alabasi.

Yarim o'rta vaznda (-66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov (O'zbekiston) - Maono Alli (Tanzaniya). 2-raundda texnik nokaut evaziga Abduqahhorovning g'alabasi.

Eng engil vaznda (-53,5 kg): Miraziz Mirzahalilov (O'zbekiston) - Runqi Jou (Xitoy). Ochkolar hisobiga ko'ra Mirzahalilovning g'alabasi

O'rta vaznda (-72,5 kg) WBC Central Asia turniri finali: Anvar Turopov (O'zbekiston) - Suhrob Qayumov (O'zbekiston). 2-raunddan so'ng Qayumovning g'alabasi qady etildi.

Birinchi o'rta vaznda (-69,8 kg) WBC International kamari uchun: Ermal Hadribey (AQSh) - Karlos Molina (Meksika). 9-raundda texnik nokaut evaziga Hadribeyning g'alabasi.

Birinchi yarim o'rta vaznda (-63,5 kg) WBC Central Asia kamari uchun: Mujbillo Tursunov (O'zbekiston) - Yangcheng Jin (Xitoy). Ochkolar hisobiga ko'ra Tursunovning g'alabasi.

O'rta vaznda (-72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik): Meyirim Nursultanov (Qozog'iston) - Xulio Alamos (Chili). Ochkolar hisobiga ko'ra Nursultanovning g'alabasi.

Co main event: Ikkinchi o'ta engil vaznda (-52,1 kg) WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun: Pedro Guevara (Meksika) - Karlos Kuadras (Meksika). Ochkolar hisobiga ko'ra Kuadrasning g'alabasi.

Markaziy jang: Og'ir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O'zbekiston) - Kris Tompson (JAR). Birinchi raundda Jalolovning g'alabasi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR