logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Tottenxem" va "Nyukasl" "Al-Ittihod" qaydnomasiga kira olmagan futbolchini transfer qilmoqchi

 18 NOYABR, 2023, 06:00

“Al-Ittihod” vingeri Jota yanvar oyida Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

24 yoshli portugaliyalik jamoaning Saudiya Arabistoni chempionati uchun qaydnomasidan chetlashtirildi - klub chet ellik o'yinchilar limiti uchun boshqa o'yinchilarni tanladi. "Benfika" tarbiyalanuvchisi yanvarda sotilishi yoki ijaraga berilishi ehtimoli katta. 90min ma'lumotlariga ko'ra, Jota uchun asosiy da'vogarlar Angliyaning "Tottenxem" va "Nyukasl" klublaridir. Futbolchi “shporlar” ustozi Ange Postekogluni Shotlandiya “Seltik”ida birga ishlaganidan biladi.

Jota “Al-Ittihod” safida 7 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 11 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR