logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Albaniya ham Evro yo'llanmasini naqd qildi

 18 NOYABR, 2023, 05:54

Albaniya terma jamoasi Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Murabbiy Silvino shogirdlari Evro-2024 saralashining 9-turida Moldova bilan mehmonda (1:1) maydonga tushdi.

Albanlar 14 ochko jamg'arib, “E” guruhida peshqadamlik qilmoqda va saralash turniri yakunlanishiga bir tur qolganda ikkinchi o'rindan pastga tushmaydi. Chexiya hisobida 11 ochko va bir o'yin bor, Moldova va Polshada 10 ochko bor.

Shu tariqa, Albaniya Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi, unda turnir mezboni Germaniya, Avstriya, Angliya, Belgiya, Vengriya, Ispaniya, Portugaliya, Turkiya, Frantsiya, Shotlandiya va Slovakiya ham ishtirok etishi aniq bo'lib ulgurgan.

Albanlar uchun bu tarixdagi ikkinchi Evropa chempionati bo'ladi. 2016 yilda jamoa guruh bosqichidan o'ta olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR