logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Atletiko" argentinalik futbolchi bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi

 18 NOYABR, 2023, 05:42

Gvido Rodriges yozda "Atletiko Madrid"ga o'tishi mumkin.

COPE xabariga ko'ra, yarim himoyachi madridliklar bilan muzokaralar olib bormoqda va ular yuqori bosqichda.

Argentinalik futbolchining shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan. "Betis" futbolchini tovon pulisiz yo'qotmaslik uchun qishda uni sotishga umid qilmoqda.

Oldinroq "Barselona" Rodrigesni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

29 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Ligada 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga erishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR