logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:30
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Keyn ham gol urishdan to'xtamayapti

 18 NOYABR, 2023, 05:30

Xarri Keyn 2023 yildagi 48-golini urdi va Erling Xolandga etib oldi.

30 yoshli angliyalik hujumchi Evro-2024 saralashi doirasidagi o'yinda (2:0) Malta darvozasiga gol urdi.

Keyn hisobida 2023 yilda terma jamoa va klublar – “Tottenxem” va “Bavariya” safida 48 ta gol bor. Myunxenliklar forvardi "Manchester Siti" vakili norvegiyalik Xolandga etib oldi.

Portugaliya va “An-Nasr” sardori Krishtianu Ronaldu 2023 yilda 46 ta gol urdi.

E'tibor bering, Keyn Angliya va "Bavariya" uchun ketma-ket so'nggi 8 o'yinda gol urdi - bu davrda uning hisobida 15 ta gol bor.

Evro-2024 saralashida Xarri 8 ta gol urdi va har biri 10 martadan gol urgan Ronaldu va Romelu Lukakudan keyin to'purarlar jadvalida uchinchi o'rinda turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR