logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:52
KirishA'zo bo'lish
Marotta “Inter” bosh direktori etib tayinlandi

13 DEKABR, 20:11 91

“Yuventus” klubining sobiq bosh direktori Juzeppe Marotta Milanning “Inter” klubiga bosh direktor etib tayinlandi.

Bu haqda klub matbuot xizmatining Tvitterdagi rasmiy akauntida malum qilindi.

“Bugungi kundan boshlab “Inter” singari buyuk klubning bir bo'lagi ekanligimdan faxralanaman. Bu menga sharaf bag'ishlaydi”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Marotta.

Ilgariroq “Inter” va Marotta uch yillik kelishuvga erishish haqida xabarlar elon qilingandi. Unga ko'ra, funkcioner shartnoma bo'yicha mukofot va bonuslarni qo'shib hisoblaganda yiligi 3 million evro ishlab topishi aytilgandi.

61 yoshli italiyalik mutaxassis sentyabr oyi oxirida “Yuventus” rahbariyati qaroriga ko'ra Turin klubini tark etgandi. U sakkiz yil “byankoneri”larga rahbarlik qildi. Ushbu davr mobaynida klub etti bor Italiya chempionligiga erishda va ikki marta ECHL finaliga qadar etib bordi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 27