logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:11
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" Rafinyaga narx belgiladi

 10 NOYABR, 2023, 14:06

Braziliyalik yarim himoyachi Rafinya Dias "Barselona"ni tark etishi mumkin, deya xabar beradi Todofichajes jurnalistlari.

Manbaning xabar berishicha, futbolchining Angliya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida ishlash imkoniyatlari bor. "Barselona" 26 yoshli braziliyalik futbolchini sotishdan kamida 60 million evro ishlab olmoqchi.

Rafinyaning Kataloniya top-klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi sakkizta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR