logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:21
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

U-17 JChda porlashi kutilayotgan 4 futbolchi

 10 NOYABR, 2023, 13:54

Bugun Indoneziya U-17 Jahon chempionati start oladi. Ushbu musobaqaning asosiy yulduzi bo'lishi kutilayotgan 4 ta futbolchi:


1. Klaudio Echeverri - Argentina U-17 terma jamoasi va "River Pleyt" klubi hujumkor yarim himoyachisi. Yuqori dribling sohibi, himoyachi bilan birga-bir vaziyatlarda boshlang'ich tezligi evaziga osonlik bilan qochib keta oladi. Katta bo'lmagan jussasi uchun "kichik iblis" ("diablito") laqabini olgan.


2. David Martines - shu yoshida Venecuela milliy terma jamoasida debyut qilishga ulgurgan "Monagas" klubi vingeri. Jismonan baquvvat va yuqori texnikaga ega futbolchi 18 yoshga to'lgach, "Ayaks" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.


3. Mark Giu - yaqinda "Atletik Bilbao" darvozasiga 23 soniya ichida gol urib tanilgan "Barselona" klubi va Ispaniya U-17 terma jamoasi futbolchisi. Katalon hujumchisi klassik "9-raqam" hisoblanadi va asosan, jismoniy kuchi evaziga jarima maydoni ichida samarali harakat qiladi.


4. Mikael Bermudes - Ekvador U-17 terma jamoasi va "LDU Kito" jamoasi markaziy hujumchisi. Janubiy Amerika chempionatidan so'ng "Manchester Siti" va "Borussiya" (Dortmund) kabi klublar e'tiborini qozongan futbolchi, o'zining o'smirlik jamoasi "LDU Kito" bilan professional shartnoma tuzishga qaror qilgan.

U-17 Jahon chempionatining asosiy yulduzlari bo'lishi kutilgan ekvadorlik Kendri Paes ("Independente del Vale"/"Chelsi"), ispaniyalik Lamin Yamal ("Barselona") va braziliyalik Endrik ("Palmeyras"/"Real Madrid") kabi futbolchilar - milliy terma jamoalaridan chaqiruv olganliklari bois, o'smirlar Jahon chempionatida qatnasha olishmaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR