logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:36
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Galatasaroy" "Tottenxem" futbolchisining ijarasini muddatidan avval tugatish niyatida

 10 NOYABR, 2023, 13:42

Turkiyaning “Galatasaroy” klubi yarim himoyachisi Tanguy Ndombele tez orada o'zining jamoasi “Tottenxem”ga qaytishi mumkin.

Gap shundaki, 26 yoshli futbolchi jamoa ustozi Okan Buruk bilan janjallashib qolgan. Avvalroq Ndombele gamburger tufayli jamoadan chetlashtirilgani haqida xabar berilgandi.

Super Haber xabariga ko'ra, turk klubi "shporlar" vakillari bilan Ndombelening ijara shartnomasini bekor qilish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Qayd etilishicha, “Galatasaroy” yarim himoyachini yanvarda qaytarib yubormoqchi.

Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi barcha turnirlarda ettita o'yin o'tkazib, gol ura olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR