logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:40
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mbappe uchun poygaga APLning yana ikki klubi qo'shildi

 10 NOYABR, 2023, 13:36

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Angliya Premer-ligasi klublari orasida katta talabga ega. 24 yoshli frantsiyalik futbolchi “Real” bilan kelishuvga erisha olmasa, “Tumanli Albion”ga o'tishi mumkin.

Deadlinedaylive xabariga ko'ra, hujumchi uchun "Nyukasl" va "Chelsi" klublari kurashni boshlagan. Avvalroq, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" frantsuzni sotib olish niyatida ekani ma'lum bo'lgandi.

Kilianning transfer narxi 180 million evroga baholanmoqda. Hujumchining "PSJ" bilan tuzgan mehnat shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Liga 1ning joriy mavsumida hujumchi o'nta o'yin o'tkazib, o'nta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR