logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:51
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Devid Bekxem nima uchun har-xil klublarda turli raqamlardan foydalangan?

 10 NOYABR, 2023, 12:18

Bekxem nomi ettinchi raqamli futbolka bilan yonma-yon keladi. Ammo afsonaviy futbolchi doim ham ettinchi raqamda harakat qilmagan. Bekxem 21 yillik faoliyati davomida jami beshta yirik jamoalar sharafini himoya qilib, turlicha raqamlarni taqqan. Masalan, "Real" va "LA Gelaksi" uchun Bekxem 23 raqamni, "Milan" va "PSJ"da esa 32 raqamni olgan. Quyida buning sabablariga to'xtalamiz.

Nega Bekxem "MYu"da 7 raqamdan foydalangan?


Bekxem "MYu"da porlay boshlaganida 10 raqamni oladi. 21 yoshli hujumchi 1996 yilni 12 ta gol bilan yakunlaydi. Yangi mavsum oldidan esa Fergyuson undan o'ninchi raqamni olib qo'yib, uni yangi xarid bo'lgan Teddi Sheringemga beradi. Bu haqida Bekxemning o'zi shunday deydi: "Eng yaxshi mavsumimni o'tkazganimga qaramasdan, mendan o'ninchi raqam olib qo'yildi. Ta'tildan qaytgach esa, bosh murabbiy menga bundan keyin ettinchi raqamda o'ynashimni aytdi".

Nega Bekxem "Real" va "LA Gelaksi"da 23 raqamdan foydalangan?


2003 yilda Bekxem "Real"ga keladi. Bu paytgacha u dunyoga mashhur bo'lib ulgurgan edi. U Madridda ettinchi raqamni ololmasdi. Negaki, unga Raul egalik qilgan.
"Men hattoki, bu raqamni olaman deb o'ylab ham ko'rmaganman. Men jamoadan qaysi raqamni olsam bo'ladi deb so'raganimda, ular mavjud raqamlarni aytishgan. Men yoshligimdan Maykl Jordanni muxlisi edim. Shu sababli 23 raqamni tanlab oldim. Hatto, Amerikaga ketganimda ham 23 raqamni tashlamadim. Bu meni Jordan bilan bog'liq ekanimning nishonasi edi", – deb eslaydi Bekxem.

Nega Bekxem "Milan" va "PSJ"da 32 raqamdan foydalangan?


2009-2010 yilgi mavsumni Devid Bekxem "Milan"da, ijara asosida o'tkazishga qaror qiladi. Ammo bu erda ham futbolchi "Real"dagi muammolarga duch keladi. Ettinchi raqam Aleksandr Patoda bo'lsa, 23ga Massimo Ambrozini egalik qilardi. Bu haqida Bekxemning o'zi shunday deydi: "Men "Milan"ga kelganimda 23 raqam band edi. Ettinchi raqam haqida gapirmasam ham bo'ladi. Men yana bir basketbolchi Mejik Jonsonni yaxshi ko'rardim. Shu sabab uning 32 raqamini tanlab qo'ya qoldim".
2013 yildan boshlab bir muddat Bekxem "PSJ"da harakat qilgan. Parijda ham 7 va 23 raqamlar band ekani sababli, 32 raqam Bekxem uchun tanlovga aylanadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR