logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:48
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Neymarga qaratilgan «o'q»mi?

 10 NOYABR, 2023, 12:06

Braziliya prezidenti Lula da Silva mamlakat yoshlarini Lionel Messidan o'rnak olishga chaqirdi:

«G'alaba ziyofatli kechalar bilan birlasholmaydi aslo». Futbol afsungarlari yurti rahbarining bu so'zi go'yoki, Neymarga qaratilgan «o'q» misoli yang-radi.

Ha, Braziliyadek futbol mamlakati prezidentining vatandoshlarini azaliy raqib - Argentina milliy jamoasi etakchisi Lionel Messiga taqlid qilishga chaqirgani kutilmagan holat, albatta. Argentinalik yulduz o'z hisobiga 8-«Oltin to'p»ni yozib qo'ygach, Lula da Silva chindan ham, ko'pchilik kutmagan bayonot bilan chiqdi. 

«Fikrimcha, braziliyalik yosh futbolchilar aynan Messidan o'rnak olishlari kerak. Qarang, Leo 36 (!) yoshda, u jahon chempioni, yana «Oltin to'p»ni ham oldi va hakozo... Messini chindan ham, yoshlarga fidoyilik namunasi sifatida ko'rsatish mumkin. Qaytaraman, Lionel bolalar uchun ilhom manbai bo'lishga loyiq. «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish istagidagi har bir futbolchi o'zini ishga to'liq bag'ishlashi, professional me'yorni ushlashi shart. Binobarin, futbolda g'alabalar ko'ngilxushlik, ziyofat va turli kechalar bilan birlasholmaydi aslo. Bilamizki, futbol dunyosida ko'plar yulduzchalar chaqnashadi, biroq ular keyinchalik shunchaki, so'nib qolishadi. 17 yoshli bolakay katta umid uyg'otadi, biroq uni darhol sotib yuborishadi», — dedi Lula da Silva.

Qiziq, Braziliya futboli bosh yulduzi Neymar-chi? Nima, u o'rnak bo'lishga loyiq emasmi? Lula da Silva balki o'z bayonoti bilan mamlakat futbolining birinchi raqamli yulduziga «o'q» otishni o'ylagandir... Harqalay, Neymarning turli ko'ngilochar kechalarda tez-tez ko'rinish berishi ko'pchilikka ma'lum.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR