logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:39
KirishA'zo bo'lish
«Yuventus» yanvarda 80 mln evrolik transferga qo'l urmoqchi

13 DEKABR, 19:04 271

«Yuventus» yanvarda «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbani jamoaga qaytarishga urinadi. Bu haqda Tuttosport xabar topgan.

FranTsiyalik yarimhimoyachining bosh murabbiy Joze Mourino bilan ziddiyati oxir-oqibat uning sobiq jamoasiga qaytishi bilan yakunlanishi mumkin. Turinliklar Pogba uchun 80 mln evro to'lashga tayyor turishibdi.

Qayd etilishicha, transferni amalga oshirish imkoni bo'lmagan taqdirda «Yuve» nigohini «Real» yarimhimoyachisi Iskoga qaratadi. Ushbu futbolchi ham so'nggi vaqtlarda ustozi Santyago Solari bilan iliq munosabatlarda emasligi hech kimga sir emas.

Eslatib o'tamiz, hafta boshida «MYu» rahbariyati Pogbaga uni sotish niyati emasligini aytgani xabar qilinganedi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 19