logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:36
KirishA'zo bo'lish
Chempionlar Ligasi 1/8 final qurasi: qachon, qaerda va qanday

13 DEKABR, 18:03 170

Chempionlar Ligasi nimchorakfinal bosqichining qurasi 17 dekabr kuni, ShveyTsariyaning Non shahrida o'tkaziladi, deb xabar bermoqda UEFA sayti.

Jamoalar ikkita savatchaga ajratiladi. Birinchi savatga guruh g'oliblari - «Bavariya», «Barselona», «Borussiya» (Dortmund), «Manchester Siti», «Portu», «Pari Sen-Jermen», «Real» va «Yuventus» joylashtiriladi.

Ikkinchi savatga guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar - «Atletiko», «Ayaks», «Liverpul», «Lion», «Manchester Yunayted», «Roma», «Tottenhem» va «Shalke-04» joylashtiriladi.

Muhim jihati: bitta mamlakat vakillari va bitta guruhdan joy olgan jamoalar 1/8 finalda bir-biriga duch kelmaydi.

Chempionlar Ligasi finali 2019 yil 1 iyun kuni Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida o'tkaziladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 44