logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"MYu" bu mavsum 15 ta o'yindan 8 tasida engildi

 2 NOYABR, 2023, 05:48

"Manchester Yunayted" o'tgan asr o'rtalaridan beri eng yomon mavsumni boshlamoqda.

Bugun Erik ten Xag shogirdlari Angliya liga kubogi 1/8 finalida "Nyukasl"dan mag'lub bo'lishdi (0:3).

Joriy mavsumda mankunianliklar 15 ta o'yindan 8 tasida mag'lub bo'lishdi. Bu 1962 yildan beri sodir bo'lmagandi - o'shanda 9 ta mag'lubiyat qayd etilgan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” 1930/31 yilgi mavsumdan buyon ilk bor 10 ta uyindan 5 tasida maglubiyatga uchradi.

Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" "Tottenxem", "Arsenal", "Brayton", "Bavariya", "Kristal Pelas", "Galatasaroy", "Manchester Siti" va "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR