logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:41
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ramos jarohat olgan

 2 NOYABR, 2023, 05:24

"Sevilya" markaziy himoyachisi Serxio Ramos jarohati sabab bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Avvaliga 37 yoshli futbolchi jarohatini tezda davolaydi va tezroq safga qaytadi, deb taxmin qilingandi, ammo jarohat jiddiyroq ko'rinadi. "Sevilya" boshqaruvchisi Diego Alonso tajribali futbolchining yana qachon maydonga tushishini bilmasligini tan oldi.

2U uzoq muddatga safdan chiqqani yo'q, lekin qachon qaytishi mumkinligini tushunish uchun vaziyatni kundan-kunga baholab borishimiz kerak. Hozir men Ramos terma jamoadagi tanaffusga qadar maydonga tushadimi yoki yo'q ayta olmayman", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Shanba kuni "Sevilya" mehmonda "Selta"ga qarshi o'ynaydi, chorshanba kuni esa Londonda "Arsenal" bilan Chempionlar ligasi o'yinini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR