logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:08
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Manchester Yunayted" 1930 yildan beri ilk bor mavsumdagi dastlabki 10 ta uyinning 5 tasida mag'lub bo'ldi

 2 NOYABR, 2023, 05:18

"Manchester Yunayted" eski antirekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Erik ten Xag shogirdlari Liga kubogi 1/8 finalida o'z maydonida “Nyukasl”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:3). "Qizil iblislar" uchun bu mavsum boshlangandan beri o'nta uy uchrashuvidagi beshinchi mag'lubiyat - 1930/31 yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasi.

Avvalroq, "Manchester Yunayted" «Old Trafford» muxlislarini ranjitib, "Manchester Siti" (0:3), "Galatasaroy" (2:3), "Kristal Pelas" (0:1) va "Brayton"ga (1:3) mag'lub bo'lgandi.

Mankunianliklarni oldinda ketma-ket ikkita safar o'yini bor - "Fulxem" va "Kopengagen"ga qarshi. Jamoa navbatdagi uy uchrashuvini 11 noyabr kuni o'tkazadi - raqib "Luton" bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR