logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:51
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Torres nima uchun "Real"ga o'tmaganini tushintirdi

 2 NOYABR, 2023, 05:18

"Aston Villa" markaziy himoyachisi Pau Torres "Real"ga o'tishi mumkin bo'lganligi haqidagi savolga javob berdi.

Shu yilning iyul oyida ispaniyalik futbolchi “Vilyarreal”ni “Aston Villa”ga almashtirdi. Futbolchining o'zi oldinroq "qirollik klubi"ga o'tishi mumkin bo'lganligini tan oldi.

“Men “Real” va “Barselona” kabi klublarga hech qachon “yo'q” demayman. Ularga yo'q deyishning iloji yo'q. Ba'zi muzokaralar bo'ldi [Real Madrid bilan], lekin yakunda ular David Alabani erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga qaror qilishdi", - deya 26 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Relevo.

Pau Torresning transferi “Aston Villa”ga 30 million evrodan ko'proqqa tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR