logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:54
KirishA'zo bo'lish
«Tottenhem» uzr so'radi: «MYu» bilan o'yin ham «Uembli»da o'tadi

13 DEKABR, 10:45 210

«Tottenhem»ning yozdayoq ochilishi kutilgan yangi stadioni hamon foydalanishga topshirilmayapti.

Klub xabariga ko'ra, stadiondagi xavfsizlikni taminlaydigan tizimlar ishi hali to'la yakuniga etkazilmagan. Ishlar kecha-yu kunduz davom ettirilmoqda. Ishchilar hatto Rojdestvo kunlari ham mehnat qilishadi.

Shu munosabat bilan «shporlar» 13 yanvar kuni bo'lib o'tadigan «MYu»ga qarshi o'yin ham «Uembli»da bo'lib o'tishini malum qilgan.

«Men muxlislarimizdan yana bir bor uzr so'rashni istayman. Bizni qo'llab-quvvatlashda davom etayotganingiz uchun rahmat.

O'tgan kecha EChL pley-offiga chiqdik, endi maydonda ham, uning tashqarisida ham vaqtimiz juda tig'iz bo'ladi», - deb aytgan klub direktori Daniel Levi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 38