logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Alissonning mahoratini raqamlar ham tasdiqlamoqda

 13 DEKABR, 09:59 188

«Liverpul»ning yangi darvozaboni Alisson klubdagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli o'tkazmoqda. Daily Mail u va jamoaning sobiq posboni, yozda «Beshiktosh»ga ijaraga berilgan Loris Kariusning ko'rsatkichlarini taqqoslab ko'rdi.

Braziliyalik kiper «qizillar» libosida hozirgacha 22ta o'yin o'tkazgan bo'lib, ularda jami 54ta seyvni amalga oshirgan. Karius esa o'tgan mavsumning 33 o'yinida bundan bor-yo'g'i 4ta ko'proq – 58 marotaba seyv namoyish etgan.

Alisson 13 marta gol o'tkazib yubordi, zarbalarning 80,6 foizini qaytarib qolishga erishdi. Karius esa butun mavsum davomida o'z darvozasidan 31 marta to'p olib chiqib, yo'llangan zarbalarning 65,2 foiziga to'sqinlik qila olgan edi.

Yangi posbon yakunda golga sabab bo'lgan bitta qo'pol xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, hisobda aks etgan xatolar soni Lorisda 3ta edi.

Shu bilan birga, Alissonning jamoadoshlariga uzatgan to'plari 77,7 foiz holatda aniq etib bormoqda. Kariusda bu ko'rsatkich 61,3 foizni tashkil etardi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR