logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:53
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
O'zbekiston Osiyo Kubogi oldidan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaydigan bo'ldi

 28 DEKABR, 17:33 166

.

Ayni paytda Turkiyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qadar o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaydigan bo'ldi. Bu haqda O'FA rasmiy saytida malum qilingan.

Xabarda aytilishicha, yig'in doirasida bitta nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgan, ammo bosh murabbiy Ektor Kuper turli jarohatlarning oldini olish maqsadida bu fikridan qaytgan.

15 dekabrdan buyon Antaliyada shug'ullanayotgan jamoa 29 dekabrdan 30 dekabrga o'tar kechasi Toshkentga qaytib keladi. Keyin 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l olishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Osiyo Kubogidagi dastlabki o'yini 9 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Ilk raqib - Ummon termasi.

Qo'shimcha sifatida, BAAga boruvchi futbolchilarning 23 kishilik ro'yxatini qaytadan keltirib o'tamiz.
Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
21. O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")
Himoyachilar:
2. Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
3. Doston Tursunov ("R. Yamaguchi", Yaponiya)
4. Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
6. Davron Hoshimov ("Navbahor")
13. Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
15. Egor KrimeTs ("Paxtakor")
20. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar:
8. Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya)
9. Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
14. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
16. Aziz Turg'unboev ("Navbahor")
17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
18. Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
19. Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
22. Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
23. Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Hujumchilar:
7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
10. Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 28