logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Gvardiola «Barselona»bilan ketma-ket to'rt marta mag'lubiyatga uchraganini yodga oldi

 28 DEKABR, 17:32 247

.

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga jamoaning omadsiz seriyasi haqida savol berishdi. Eslatib o'tamiz, «shaharliklar» APLning so'nggi 4 o'yinidan 3tasidan mag'lubiyatga uchradi.

«O'tgan yilning yanvar-fevral oylarida ko'pchilik APL yakunlanib bo'lgani haqida gapirayotgandi. Futbolda seriyali tarzda qozonilgan g'alabalar ham, ketma-ket mag'lubiyatlar ham bo'ladi.

«Barselona»dagi faoliyatiyatim vaqtida ketma-ket to'rtta uchrashuvda yutqazganmiz. Hozir «Liverpul» bilan o'yin asosiy muammo emas, «Sauthempton» bilan bahs haqida o'ylashimiz kerak.

Biz ekanimizni, jamoamizning kuchini unutib qo'yganim yo'q. Qo'l ostimda o'ta mahoratli futbolchilar bor. Haqiqat shuki, biz oxirgi to'rtta o'yindan uchtasida mag'lub bo'ldik. Agar sovrin uchun kurashishni istasak, yana g'alaba qozona olishimiz kerak», – deb aytib o'tdi Gvardiola.

«Siti»ni 19 dekabr kuni «Sauthempton» maydonidagi bahs, 3 yanvarda esa o'z maydonidagi «Liverpul» bilan o'yin kutmoqda.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR