logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:26
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
«Chelsi»ning so‘nggi o‘yinidan chiqarilgan besh xulosa

 28 DEKABR, 14:51 322

.

Premer Liganing so‘nggi turida, aniqrog‘i «Boksing dey»da «Chelsi» «Uotford»ni o‘z uyida 2-1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yin ancha ochiq kurashlarga boy va shiddatli tarzda kechdi. Londonliklar oson bo‘lmagan uchrashuvda muhimi uch ochkoga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Xo‘sh, kechagi o‘yindan qanday xulosalarni chiqarish mumkin?

1.Azarning «yuzlik dovoni»

Eden Azarning «aldamchi to‘qqiz»likka o‘tkazilishi zarurat tufayli sodir bo‘lgandi. Ammo bu uning yangi qirrasi kashf etilishiga olib keldi. Azar maydon yarmida harakat qilganida aqlliroq o‘ynaydimi? Birinchi bo‘limdagi o‘yin buning aksini ko‘rsatmoqda. U ancha sokin va darvozadan ancha olisda harakat qildi.

Biroq keyin «Chelsi» yarim himoyani kuchaytirdi va qarshi hujumda raqibning xatosini kutdi. Belgiyalik futbolchi bo‘sh zonaga chiqib bordi va raqib darvozabonini osonlikcha dog‘da qoldirdi. Shu tariqa u «Boksing dey»da klub uchun 100-golini kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Azar har qanaqasiga porladi. Raqib himoyachilarini o‘zining maftunkor «sehrlari» bilan rom qilib ikkinchi yuzlik marrasini boshlab oldi.

2. Ben Fosterning ishonchsizligi

Hamma darvozabonlar doim ishonchli bo‘lishi kerak, deydi. Eng zo‘r darvozabonlar qaror qabul qiladi va uni tezda bajarishga kirishadi. Ular hujumchilarga hujum qilishadi, to‘pga etsa-etmasada raqib hujumchisiga halal berishga intiladi. «Chelsi»ga qarshi o‘yinda Ben Foster jamoasining zarariga xizmat qildi.

Agarda ular to‘g‘ri qaror qabul qilishsa, yaxshi darvozabonga aylanishadi. Alisson buni «Liverpul»da isbotlamoqda. Chunki u nafaqat to‘g‘ri qaror qabul qiladi, balki uni to‘g‘ri amalga oshiradi ham. Yan Oblak ham huddi shu ishni «Atletiko»da amalga oshiradi. Foster esa ahmoqona qarorlar qabul qilib jamoasining zarariga ishlamoqda.

«Chelsi»ning birinchi golini olaylik. U oldinga tashlanish o‘rniga, Azarning ishini osonlashtirib berdi. Agarda u Azarni ertaroq zarba yo‘llashga majbur qilganida, belgiyalik futbolchi kamroq imkoniyatga ega bo‘lgan bo‘lardi. Ikkinchi golda ham uning ishonchsiz tarzda harakat qilishi gol bilan yakun topdi.

3. Xadson-Odoi umid uyg‘otmoqda

Maurisio Sarri «Chelsi»da ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Agarda uning yagona kamchiligi bor bo‘lsa, bu uning klub yoshlari bilan ishlay olmasligi hisoblanadi. Hatto buni Evropa Ligasida ham qilib ko‘rmayapti.

Pedro jarohat olgan bir paytda, ko‘pchilik Sarridan tajribaliroq shogirdini tushirishini kutayotgandi. Ammo u 18 yoshli Kallum Xadson-Odoiga ishonch bildirdi.

Yosh ingliz futbolchisi o‘yinga to‘liq kirishib keta olmagan bo‘lsada, o‘yin davomida qattiq mehnat qildi va har doim bir variant bo‘la olishini isbotladi.

4. Omadsiz Jiru

Olive Jiruning «Arsenal»dan ketishiga asosiy sabab bu ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish istagi edi. U «Emireyts»ni yaxshi ko‘rardi, biroq «super zaxira o‘yinchisi» maqomida yurish joniga tegdi.

Bu mavsum esa ishlar biroz boshqacha. Morata markaziy hujumchi rolini qoyilmaqom tarzda ijro etolmayapti. Jiru esa yozda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida gol urmasada jamoa foydasi uchun keng ko‘lamdagi ishlarni bajara olishini isbotladi.

Ammo unga berilgan imkoniyatdan unumli foydalan olmadi va zaxiraga borgan sari «mixlanib» bormoqda. Chunki Azar endi hujum markazida o‘ynamoqda. Jiru yana o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni kutishiga to‘g‘ri keladi. Agarda buni istamasa yana boshqa klubga o‘tishga majbur.

5. «Chelsi»ning qiladigan ilari hali ko‘p

Ko‘pgina jihatlardagi rivojlanishga qaramay Sarri «Chelsi»ning barcha muammolarini echolgani yo‘q. «Uotford»ga qarshi o‘yin ham buni isbotladi. Ularning hujum uchligi jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqqan Pedro tufayli «ishdan chiqqani» ko‘zga tashlandi.

Ularning yarim himoyachidagi rotatsiyasi ham a’lo darajada ishlagani yo‘q. Ngolo Kante hamon yangi vazifasiga moslasha olganicha yo‘q. Londonliklarga darhaqiqat hujumni mohirona yakunlab beradigan kuchli hujumchi kerak.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 2 / 33