logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
2018-yildagi eng omadsiz futbolchi va murabbiyi kim bo'ldi?

 28 DEKABR, 13:19 632

.

Lopategi – Sobiq «Real Madrid» murabbiysi

Darhaqiqat, bu murabbiy uchun 2018-yil omadsiz keldi. Avvaliga tushunarsiz sabablarga ko‘ra terma jamoani mundial boshlanishi bilan tark etgan murabbiy hammanining e’tibor markazida bo‘ldi. Uni qattiq tanqid qilishdi, lekin birozdan so‘ng hammasi tinchib ketdi. Lopategi «Real Madrid» jamoasida ish boshlagach bu tanqidlar ham xolva bo‘lib qoladi. Ayniqsa, azaliy raqib hisoblangan «Barsa» bilan o‘tgan uchrashuvdagi yirik hisobdagi sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng mutasaddilar chiday olishmadi. Lopategi ham o‘z iste’fosini e’lon qildi. Zidanning «Real Madrid» jamoasidan keyin Lopategining «Real Madrid»i juda ham zaif ko‘rinib qoldi. Afsuski, murabbiy o‘z kariyerasiga dog‘ tushirib qo‘ydi.Ayniqsa, grand jamoalar bu murabbiy hizmatidan foydalanishni xohlashmasligi aniq. «Real Madrid» ning omadsiz starti o‘z yo‘liga, ammo Lopategining omadsizligi juda ham achinarli.

.

Aleksis Sanches – «Manchester Yunayted» futbolchisi

Ko‘pchilik futbol mutaxassilari Mhitaryan va Aleksisninig almashishidan ko‘proq «Manchester Yunayted» foyda ko‘radi deb o‘ylashgandi. Afsuski unday bo‘lib chiqmadi. Aleksis sovrinlar yutish maqsadida «Arsenal» jamoasidan «Qizil iblislar» tarkibiga o‘tgan edi. Taqdir taqazosi bilan «Manchester Yunayted» jamoasi o‘yinlarida pasayish kuzatildi. «Arsenal» esa aksincha. Hozirda Aleksis «Qizil iblislar» asosiy tarkibidagi joyini batamom yutkazib bo‘ldi. U «Kanonirlar» muxlislarini yoqimtoyi, «Arsenal» jamoasining tom ma’nodagi yetakchisi edi. Shunchaki sovrinlar yutish ilinjida «Manchester» ga ko‘chib borish uning hayotidagi eng noto‘g‘ri qaror bo‘ldi. «Arsenal» endi ko‘tarilishni boshlagan edi. Jamoa endi bir me’yorda o‘yin ko‘rsatib muxlislarni hursand qilishni boshlagan bir paytda, Aleksis begona jamoada, begona shaharda, yolg‘iz o‘zi qolib ketdi.

2018 yilda siz yana kimlarga omadsiz o'tdi deb o'ylaysiz?
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR